Jannatga yo‘l For PC Windows and MAC – Free Download

Jannatga yo‘l For PC Free Download And Install On Windows 10, MacOS, the newest version of “Jannatga yo‘l” is now available to run on computer OSs such as Windows 10 32bit & 64bit.

Download & ScreenShots:

How To Install Jannatga yo‘l App on Windows PC & MacBook

Download Jannatga yo‘l software for PC with the most potent and most reliable Android Emulator like NOX APK player or BlueStacks. All the Android emulators are completable for using Jannatga yo‘l on Windows 10, 8, 7, computers, and Mac.

  1. Download Emulators for Windows PC from official pages below to install them.
  2. Best emulators are here: BlueStacks.com; Or as an alternative BigNox.com.
  3. Open Android emulator and login with Google account.
  4. Jannatga yo‘l app available on Play Store. So search and find it.
  5. Choose install option under the Jannatga yo‘l logo, and enjoy!

FAQ Of Jannatga yo‘l- Features and User Guide

Abdulla Oripovning «Jannatga yo‘l» dramatik dostoni fantastik va afsonaviy-mifologik mavzu asosida yaratilgan.
Dostonda aks ettirilgan voqea-hodisalar «narigi dunyo»da sodir bo‘ladi (Dante Aligerining «Ilohiy komediya» si va Fitratning
«Qiyomat» (1923) hikoyasi qahramonlari ham «u dunyo» da harakat qiladilar). Asarda ota-ona hurmati nihoyatda ulug‘lanadi.
Masalan. bu dunyoda otasini bir martagina sansiragani uchun yetti marta hajga borgan mo‘ysafidning jannatga tushmagani aytiladi.
Shoir Yigit bir qizaloqni soydagi toshqindan qutqarib bevaqt vafot etgan. U tarozibon huzurida gunohini tan oladi. Tarozibon unga qarata:

Savob degan narsa axir tasodif emas,
Yetmish ikki tomirdan u oqib kelgusi,
Yaxshi odam yaxshiligin anglamay qolmas,
U vijdonni bir vazifa deya bilgusi
– deydi. Yigit arosat dashtini aylanadi, jannat darvozasi qoshiga boradi, ota -onasi bilan uchrashadi. Yigit hayot tajribasi oz bo‘lgani bilan oq-qorani yaxshi tanuvchi, ayniqsa, hayot mashaqqatlarini obdon boshdan o‘tkazgan odam. U do‘zaxdan dahshatliroq hodisalarni, kunlarni, shaytondan vahshatliroq odamlarni ko‘rgan va chidashga majbur bo‘lgan. «Jannatga yo‘l» dostonida Sado obrazi lirik qahramon tarzida berilgan bo‘lib, ilohiy qudrat deb baholanuvchi haq va adolat kuchi timsolidir. Dostondagi Yigit obrazini ochishda Do‘st, Do‘st obrazini ochishda Yigit obrazi muhim ahamiyatga ega. Do‘st «u dunyo»da ham odamlar haqidagi o‘z fikrida qat’iy turadi. Shu Yigitning olijanob va insoniy qiyofasidagi yangi-yangi qirralar namoyon bo‘ladi:

ALSO READ:  Mahjong Solitaire: Mystery Mansion For PC Windows and MAC - Free Download

O‘ylab qara, tarixda bor ibrat doimo:
Ne – ne zotlar gar o‘zlari topsa ham to‘zim.
Odamzotga ko‘rmaganlar yomonlik ravo.
Ezgulikning yo‘li og‘ir, serg‘alva garchand.
Yuksaklarga ko‘taradi sohibin biroq.
Mayli, mening ruhim siniq, xayolim parkand,
His qilurman, ezgulikning oftobi porloq.

Yigit Do‘stga yetishmaydigan ikki paysa savobni o‘z savoblari hisobidan berishga qaror qiladi. Do‘st ham shu fikrda edi. Yigit va Do‘st esa o‘zi jannatga kirib, qadrdonini uning tashqarisida qoldirib ketishni nomardlik deb biladi. Asarda kimsa, o‘spirin, qariya, hur qiz obrazlarida xuddi bu dunyodagidek, u dunyoda ham izg‘ib yurgan ig‘vogar, o‘z manfaati yo‘lida bir-biri bilan it-mushukdan beshbattar, beor janjalkashlar, o‘ylamay gapiruvchilar keskin tanqid qilingan. Doston nihoyasida Sado jannat eshiklari ochilganidan xabar berib, Do‘stga ham, Yigitga ham jannat ato etajagini ma’lum qiladi.

Shoir ushbu asarida ezgulikni imkon borida yoxud imkon boricha ro‘yobga chiqariladigan xohish emas, amalga oshirilishi zarur ehtiyoj sifatida talqin etgan.

What’s New On New Version Of Jannatga yo‘l

Jannatga yo‘l

Disclaimer

This app is the property of its developer/inc. We are not an affiliated partner of Jannatga yo‘l. Every element about Jannatga yo‘l apps like images and trademarks etc. are the property of the respective owner of Jannatga yo‘l.

Also, we do not use our server to download Jannatga yo‘l apps. Download starts from the authorized website of the Jannatga yo‘l app.

Related Apps

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

PlayStorehttps://play.google.com/store/apps/details?id=com.jannatga.yolUrl