Abu Bakr Siddiq For PC Windows and MAC – Free Download

Rate App

Abu Bakr Siddiq For PC Free Download And Install On Windows 10, MacOS, the newest version of “Abu Bakr Siddiq” is now available to run on computer OSs such as Windows 10 32bit & 64bit.

Download & ScreenShots:

How To Install Abu Bakr Siddiq App on Windows PC & MacBook

Download Abu Bakr Siddiq software for PC with the most potent and most reliable Android Emulator like NOX APK player or BlueStacks. All the Android emulators are completable for using Abu Bakr Siddiq on Windows 10, 8, 7, computers, and Mac.

  1. Download Emulators for Windows PC from official pages below to install them.
  2. Best emulators are here: BlueStacks.com; Or as an alternative BigNox.com.
  3. Open Android emulator and login with Google account.
  4. Abu Bakr Siddiq app available on Play Store. So search and find it.
  5. Choose install option under the Abu Bakr Siddiq logo, and enjoy!

FAQ Of Abu Bakr Siddiq- Features and User Guide

Aziz o‘quvchi, ushbu mo‘jazgina risolada siz olam—olam ma’nolarga boy bo‘lgan tarixdan voqif bo‘lasiz. Chunki, unda bashariyatga islom dinini yoygan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan so‘ng ilk xalifa bo‘lmish Abu Bakr Siddiq (r.a.) haqlarida bayon etiladi. U zotning qisqagina xalifalik muddatlarida nechog‘lik ulkan ishlarni amalga oshirganlarini risolamizni o‘qigach shohidi bo‘lasiz. Hidoyat va tavfiq Allohdandir.

Muqadima

Iymon sohibi bo‘lish barchamizning eng avvalgi niyatimiz va maqsadimizdir. Bu maqsad bizni bevosita dinni chuqurroq o‘rganishga, sahobalar hayoti bilan tanishishga ro‘baro‘ qiladi. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.)ning do‘stlari, zamondoshlari diqqatimizni tortadi. Ularning ba’zilarining ismi bizga tanish, qaysi ma’nodaki, hadis va rivoyatlarda ularning nomlarini uchratganmiz. Rasululloh (s.a.v.)ning do‘stlari deganda, avvalo yodga olinadigan zot bu hazrat Abu Bakr roziyallohu anhudir. Ular Xotamul anbiyoi val mursalin bo‘lmish payg‘ambarimizning sevimli va eng vafoli birodarlaridir. Bu birodarlik nubuvvat vazifasi topshirilmasdan bir necha yil avval, juda samimiy o‘lchovlar ichida boshlanib, vafo va sevgining eng go‘zal namunalari ila davom etgandir. Bu ikki birodarlardan birining eng mashhur laqabi «al—Amin» (ishonchli inson) dir, ikkinchisiniki esa «as —Siddiq»dir, ya’ni eng to‘g‘ri, rostgo‘y inson…

Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning ishonchli ekanligi shu darajadaki, Muhtaram Rasulimiz (s.a.v.) «Men Allohning Payg‘ambariman» deganlarida hazrat Abu Bakr (r.a.) hech ikkilanmasdan “ishonaman” deya olgan. «Agar payg‘ambar bo‘lsang buni isbotla!», deyish huquqidan foydalanmagan ikki ahamiyatli zotdan biridir.

Payg‘ambarimiz (sa.v.)ni eng yaxshi bilgan, insonlarga Uni yaxshi tanita olgan buyuk insonlar boshida shu shaxs turadi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni eng yaxshi tanigan, boshqalarga nasib qilmagan ko‘pgina xotiralarga ega bu qimmatli insondan ham, afsuski juda kam xotiraga egamiz.
Taqdir bitigi, Rasululloh (s.a.v.)ni yonlarida bo‘lgan, hayoti davomido eng yaqin do‘st bo‘lish sharafiga erishgan insonni, «Birinchi xalifa» qilib tayinlagan. Ammo, Alloh taoloning qismati buyuk xalifaga ikki yil, uch oy, o‘n kun hayot in’om qilib, so‘ng O’z huzuriga chaqirgan.

Islom tarixi va hadis kitoblari bu ikki yillik davr haqida ham, hazrat Abu Bakr (r.a.)ning shaxsi haqida ham bizni qoniqtiradigan darajada yetarli ma’lumot bermaydi. Bu davrda Musaylama, Tulayha, Sajoh… kabi payg‘ambarlik da’vosini qilgan yolg‘onchilarga qarshi janglar, Bizans va Eron bilan bo‘lgan urushlar, Hazrat Abu Bakr (r.a.)ning Madinada qilgan ishlari, insonlarga nisbatan harakatlari ila bog‘liq ma’lumotlar afsuski yetarli emas.

Ushbu kitobni tayyorlash jarayonida imkon qadar sahih hadis va rivoyatlarga joy ajratishga harakat qilib, haqiqiy hayot bilan unchalik aloqador bo‘lmagan rivoyatlardan uzoqlashdik.

Masalan, hazrat Abu Bakr (r.a.)ning «Allohim, qiyomat kuni meni jahannamingga qo‘y, vujudimni shu daraja kattalashtirki, toki jahannamda mendan boshqa hech bir kishiga joy qolmasin» degan rivoyat keltiriladi. Bu so‘zlar hazrat Abu Bakr (r.a.)ning marhamatiga ishoradir albatta va bu orqali insonlar sevgisiga dalolat qilgan bir iymon sohibi ekanligini ta’kidlaydi. Biroq rivoyatning haqiqat ekanligiga yetarli isbot yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, aytishim lozimki, aziz birodarim, hazrat Abu Bakr (r.a.)ning bu so‘zlari bir majoziy ifodadir. Maqsad o‘zining jahannamga kirishi emas. Insonlarning jahannamdan ozod qilinishini, kechirilishini tilashdir. Bu ehson istagi hazrat Abu Bakr (r.a.) tarafidan shunday tilga olingan, deyishimiz mumkin.

Alloh taoloning kitobidan keltirilgan suralarga esa so‘zsiz ishonamiz. Jumladan, Baqara surasi 201-oyatida shunday deyilgan: «Yana shundaylari ham borki, ular: Ey, Rabbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato etgin, oxiratda ham yaxshilik (ato etgin) va bizni do‘zax azobidan asragin, — deydilar».

What’s New On New Version Of Abu Bakr Siddiq

Ahmad Lutfiy Qozonchi – Abu Bakr Siddiq

Disclaimer

This app is the property of its developer/inc. We are not an affiliated partner of Abu Bakr Siddiq. Every element about Abu Bakr Siddiq apps like images and trademarks etc. are the property of the respective owner of Abu Bakr Siddiq.

Also, we do not use our server to download Abu Bakr Siddiq apps. Download starts from the authorized website of the Abu Bakr Siddiq app.

Related Apps

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

PlayStorehttps://play.google.com/store/apps/details?id=com.kitob.abubakrsiddiqUrl